“O‘zagrolizing” AJ tomonidan joriy yilning I-choragida lizing asosida yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari to‘g‘risida ma’lumot

Joriy yilning I-choragida Jamiyat tomonidan qishloq xo‘jalik korxonalariga 36,6 mlrd. somlik 753 dona qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing asosida yetkazib berildi. Jumladan:
– traktorlar – 33 dona 9,1 mlrd. so‘mlik;
– aylanma omochlar – 14 dona 1,8 mlrd. so‘mlik;
– boronalar – 105 dona 0,2 mlrd. so‘mlik;
– purkagichlar – 227 dona 3,8 mlrd. so‘mlik;
– mineral o‘g‘it sepgichlar – 135 dona 2,2 mlrd. so‘mlik;
– ekish seyalkalari – 45 dona 5,8 mlrd. so‘mlik;
– kultivatorlar – 165 dona 7,3 mlrd. so‘mlik;
– boshqa rusumdagi texnikalar – 29 dona 6,4 mlrd. so‘mlik.
Joriy yilning yakuniga qadar 5 160 dona 1 101,5 mlrd. so‘mlik texnika va mexanizmlar lizing oluvchilarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

 424 umumiy ko'rishlar,  1 bugungi ko'rishlar

//