“O‘zagrolizing”: Iqtisodiy mavzuda seminar bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda oxirgi yillarda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasi, bugungi yangilanib borayotgan O‘zbekistonning tashqi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorligida, jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar ko‘lamida o‘z aksini topmoqda.
Harakatlar strategiyasidan taraqqiyot startegiyasiga o‘tish, bunda muhim yo‘nalishlarda maqsadli vazifalarni belgilash, pirovard, ushbu maqsadlar sari olib borilayotgan izchil harakatlar, davlatimiz oldida turgan asosiy vazifa bo‘lib qoladi.
Yil boshida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini qabul qilinishi, undagi ustuvor vazifalardan bo‘lgan “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”ga qaratilgan bosh maqsadlarni Jamiyat va tizim korxonalari xodimlariga batafsil tushuntirib berish maqsadida seminar tashkil qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari doktori, akademiyaning “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi mudiri To‘rayev Shavkat Shuxratovich taklif etildi.
Sh. To‘rayev o‘z nutqida bugungi kunda O‘zbekistonni iqtisodiy tomondan rivojlantirishning ustuvor vazifalari, taraqqiyot strategiyasining maqsadlari, joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsion forumi natijalari to‘g‘risida alohida to‘xtalib, seminar qatnashchilariga qiziqarli ma’lumotlarni berib o‘tdi.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati mehnat jamoasi To‘rayev Shavkat Shuxratovichga seminardagi ishtiroki uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.