“O‘zagrolizing” AJ milliy va xalqaro standartlarda tayyorlangan moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq majburiy audit tekshiruvidan o‘tkazish yuzasidan audit tashkilotini tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Texnik vazifalar
  • “Oʻzagrolizing” AJ da Moliyaviy hisobning xalqaro standartiga muvofiq tuzilgan 2022-yil yakuni (консолидированный) hisoboti bo‘yicha Auditning xalqaro standartiga muvofiq audit tekshiruvidan oʻtkazish.
  • “O‘zagrolizing” AJ da Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq tuzilgan 2022-yil yakuni (консолидированный) hisoboti bo‘yicha Auditning xalqaro standartiga muvofiq audit tekshiruvidan o‘tkazish.
  • Korporativ boshqaruvning samarali va zamonaviy usullarini qo‘llash maqsadida KPI tizimi – Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi (Key Performance Indicators, KPI) bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘riligini tekshirish.
  • “O‘zagrolizing” AJ da Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 2022-yil yakuni bo‘yicha tuziladigan (консолидированный) Moliyaviy hisobotini, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida to‘g‘ri tayyorlashda buxgalteriya xodimlariga amaliy yordam berish va ko‘maklashish.
  • Tanlangan audit tashkiloti bilan shartnoma imzolanganidan so‘ng, audit hisoboti va xulosani bergunga qadar yil davomida “O‘zagrolizing” AJ xodimlari bilan doimiy aloqada bo‘lishi, kamchiliklarni ko‘rsatishi, to‘g‘ri maslahatlar berishi, zarurat bo‘lganida audit tashkilot xodimlari “O‘zagrolizing” AJ binosiga (offisga) kelishlari shart.
  • Audit tashkiloti “O‘zagrolizing” AJ ni 2022-yil faoliyati yakuni bo‘yicha bergan hisobot va xulosalarni Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida o‘qib eshittirishi, hisobot va xulosalarni asoslab berishi zarur.
  • Yirik tashkilotlar va korxonalar bilan ishlash (besh yildan kam bo‘lmagan) tajribasiga va auditorlik xizmatlari bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun zaruriy xodimlarga ega bo‘lishi kerak.
  • Ushbu tanlov natijalarini “O‘zagrolizing” AJ boshqaruv organi Kuzatuv kengash tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etiladi va Kuzatuv kengash qarori asosida tanlangan audit tashkiloti bilan shartnoma tuziladi.

Tanlov bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

https://etender.uzex.uz/lot/88724

Loading

//