“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2022-yil 28-iyun kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini malum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish 2022-yil 28-iyun kuni soat 9:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.
 Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar: 
  1. Sanoq komissiyasi azolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyatning 2021-yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
  4. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2021-yildagi faoliyati bo‘yicha Kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlash.
  5. Jamiyatning 2021-yil faoliyati natijalari boʻyicha taftish komissiyasi xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  6. Jamiyatning 2021-yil faoliyati natijalari boʻyicha tashqi auditorlik tashkilotining xulosasini eshitish va tasdiqlash.
  7. Jamiyatning 2021-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.
  8. Jamiyatning 2021-yil yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash. Dividendlar miqdorini, uni to‘lash shakli, muddati va tartibini belgilash.
  9. Jamiyat aksiyadorlari tomonidan belgilangan davo muddatida talab qilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida qoldirish.
  10. Jamiyat Kuzatuv kengashi azolarini saylash.
  11. Jamiyat boshqaruv raisini saylash.
  12. Jamiyatda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini eshitish.
  13. Jamiyatning 2022-yil moliyaviy-ho‘jalik faoliyatining yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash hamda uning xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash.
  14. Jamiyat tomonidan mazkur jamiyatning affillangan shaxslari va yirik bitimlar bo‘yicha kelgusida tuziladigan bitimlarini tasdiqlash.
  15. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Ustavi yangi tahririni tasdiqlash.
  16. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv Kengashi to‘g‘risida”gi Nizomi yangi tahririni tasdiqlash.
  17. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ijroiya organi – Boshqaruv to‘g‘risida”gi Nizomi yangi tahririni tasdiqlash.
  18. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi Nizomi yangi tahririni tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:
– Jamiyat aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil 2-iyun;
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2022-yil 22-iyun;
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
 Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

Loading

//