“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
Umumiy yig‘ilish kun tartibi:
-
Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
-
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
-
Jamiyatning 2020-yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
-
Jamiyat Kuzatuv kengashining 2020-yildagi faoliyati bo‘yicha Kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlash.
-
Jamiyatning 2020-yil faoliyati natijalari bo‘yicha taftish komissiyasi xulosasini eshitish va tasdiqlash.
-
Jamiyatning 2020-yil faoliyati natijalari bo‘yicha tashqi auditorlik tashkilotining xulosasini eshitish va tasdiqlash.
-
Jamiyatning 2020-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.
-
Jamiyatning 2020-yil yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash. Dividendlar miqdorini, uni to‘lash shakli, muddati va tartibini belgilash.
-
Jamiyat aksiyadorlari tomonidan belgilangan da’vo muddatida talab qilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida qoldirish.
-
Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
-
Jamiyat Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
-
Jamiyatda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini eshitish.
-
Jamiyat ijroiya apparati tuzilmasini o‘zgartirishlar kiritgan holda yangidan tasdiqlash.
-
Jamiyatning “2021-2025-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini” tasdiqlash.
-
Jamiyatning 2021-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy-ho‘jalik faoliyatining yakunlarini tekshirish uchun tashqi auditor tashkilotini hamda uning xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash.
-
Jamiyat tomonidan mazkur jamiyatning affillangan shaxslari va yirik bitimlar bo‘yicha kelgusida tuziladigan bitimlarini tasdiqlash.
-
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining “Homiylik (hayriya) yoki beg‘araz yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish Tartibi”ni tasdiqlash.
-
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining “Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish Tartibi”ni tasdiqlash.
-
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining “Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 17-may.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 7-iyun.
Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar Bobur ko‘chasi, 42a-uy, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
Murojaat uchun telefon: (+998 71) 207-30-47.