“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2021-yil 5-mart kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat binosi majlislar zalida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
 
Jamiyat aksiyadorlarini ro‘yxatga olish 2021-yil 5-mart kuni soat 9:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
  1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. Jamiyat Boshqaruv raisini saylash.
  4. Jamiyat tashkiliy va ijroiya apparati tuzilmasini yangidan tasdiqlash.
  5. Jamiyatning 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan dividend siyosatini tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:
– Jamiyat aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 9-fevral.
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 1-mart.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 42a-uy, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

Loading

//