Lizing oluvchilar diqqatiga!!!

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan agrar sohaga lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida umumiy qiymati salkam 150 mlrd. so‘mlik 1370 dona texnika lizing oluvchilarga topshirildi.

Shu bilan birga, tegishli hujjatlar to‘plami taqdim qilinib, avans mablag‘lari to‘liq shakllantirilgan, lekin hozirgi kunga qadar texnika yetkazib berilmagan ayrim lizing loyihalari bo‘yicha moliyalashtirish masalasida vaqtinchalik qiyinchiliklar yuzaga kelganligi sababli kechikish yuzaga kelmoqda.

Hurmatli lizing oluvchilar!
Qishloq xo‘jaligi texnikalarini tezkorlik bilan yetkazib berish zaruratini chuqur his qilgan holda, Jamiyat tomonidan ichki va tashqi moliya bozoridan investitsiya jalb qilish orqali moliyaviy manbalarni ta’minlash maqsadida tizimli ish olib borilmoqda.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagingizni yuksak qadrlaymiz va Siz istagan texnikani imkon doirasida qisqa muddatlarda yetkazib berish uchun barcha choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//