Zamonaviy gʼalla o’rish kombaynlari lizing asosida yetkazib berildi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan joriy yilning fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga qilingan tashrif davomida g’alla yetishtirish va xarid qilishni moliyalashtirish sohasida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zagrolizing” AJ tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yil g’alla hosilini nest-nobud qilmay, qisqa fursatlarda yigʼishtirib olinishini ta’minlash maqsadida, Qashqadaryo viloyatidagi qishloq xo‘jaligi korxonalariga qariyib 40 dona zamonaviy gʼalla o’rish kombaynlarini lizing asosida yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Kombaynlarning bir qismi 2-may kuni “UZ CLAAS AGRO” MCHJ hududida lizing oluvchilariga tantanali ravishda topshirildi.

Loading

//