Navbahor tumanida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

25-iyun kuni, Navoiy viloyati, Navbahor tumanining Yangiqo‘rg‘on hududida joylashgan “New agro system” fermer xo‘jaligi dala maydonida takroriy ekinlar ekish hamda ehtiyojmand aholiga somon, don va yer tarqatish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, “O‘zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi N. Otajonov, tuman hokimi A.O‘roqov, viloyat mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda 1444 nafar ehtiyojmand oilalarga somon va don tarqatish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, seminar doirasida g‘alladan bo‘shagan maydonlarda kungaboqar donlari ekildi.
Bundan tashqari, 4255 nafar ehtiyojmand aholiga takroriy ekin ekish uchun o‘rtacha 50 sotixdan yer ajratilib, ularning bandligi ta’minlanmoqda.

Loading

//