Аgrar sohada ilgʼor tashabbuslarni qoʼllashda Sirdaryo tajribasi oʼrganildi.

Mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti, dasturxonimiz toʼkinligi, aholi farovonligi koʼp jihatdan agrar tarmoq rivojiga bogʼliq. Kuni kecha, Sirdaryoda Prezident maslahatchisi Shuhrat Gʼaniev, qishloq xoʼjaligi vaziri Аziz Voitov, suv xoʼjaligi vaziri Shavkat Hamroev, viloyat hokimi Аkmaljon Maxmudaliev, “Oʼzagrolizing” АJning boshqaruv raisi Nodir Otajonov, viloyatlar hokimlarining oʼrinbosarlari va soha mutasaddilari ishtirokida boʼlib oʼtgan “Аgrar sohaga yangicha ilmiy yondashuvlarni joriy etish” mavzusidagi respublika amaliy seminarida ham shu xususida soʼz bordi.

Seminarning amaliy qismida viloyatdagi agrar sohadagi loyihalar faoliyati bilan atroflicha tanishildi. Tajribalar, sohada qoʼllanilayotgan zamonaviy texnikalar unumdorligi, suvni tejovchi texnologiyalar samarasi, ekin ekish va parvarishlashdagi yangicha yondashuvlarning afzal jihatlari bevosita oʼrganildi.

Bundan tashqari bu yerda 67 gektar maydonda paxtaning “Sulton” navi yetishtirilmoqda. Xitoy tajribasi asosida qator orasi 76 sm qilib plyonka ostiga ekilgan gʼoʼza maydoni ham toʼliq suv tejash texnologiyasi bilan taʼminlangan.

Seminarning nazariy qismida sohaga jahon tajribasini, zamonaviy agrotexnika va texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirgan holda joriy qilish, bu boradagi eʼtiborga molik jihatlar xususida fikr almashildi.

Yakunda Sirdaryoda joriy etilayotgan yangicha yondashuv, ilgʼor tashabbus va innovatsion loyihalarni butun respublika miqyosida keng tatbiq etish lozimligi qayd etildi.

Loading

//