“O’zagrolizing” AJ Boshqaruv raisining Korrupsiya holatlarini oldini olish va bu borada tizimli kurashih yuzasidan yoʻllagan rasmiy BAYONOTI.

Hurmatli hamkorlar, aksiyadorlar va hamkasblar!
Hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiya omillariga chek qo‘yishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari misolida ham ko‘rish mumkin.
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tizimida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq faoliyatni takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu illatning oldini olish va profilaktika qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan barcha zaruriy choralarni koʻrish, ularni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha samarali tizim yaratishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
– korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilib, ularning vakolat va huquqlari, shuningdek jamiyatning boshqa boʻlinmalari bilan birgalikdagi hamkorligi ichki me’yoriy hujjatlar bilan aniq belgilab qoʻyilgan;
– mavjud boʻsh ish oʻrinlari to’g’risidagi ma’lumotni doimiy ravishda e’lon qilib borish amaliyoti joriy etilgan;
– Jamiyat ehtiyojlari uchun xaridlarini shaffof tizim orqali amalga oshirish, ushbu jarayonda korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va bartaraf etish amaliyotlari yo’lga qilingan.
Shu bilan birga bo‘lim tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaning oldini olishga doir targ‘ibot tadbirlari, Jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘quv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etilib borilmoqda.
Jamiyat faoliyatida esa, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga koʻrsatilayotgan lizing xizmatlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish eng ustuvor vazifa qilib belgilangan.
Buning uchun eng avvalo “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida – tadbirkorlarni imtiyozli lizing shartlari asosida texnikalar bilan ta’minlashda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi” tashkil etilgan.
Shuningdek lizing oluvchilariga qulaylik yaratish maqsadida, Jamiyatimizda ishonch telefonlari tashkil etilgan bo’lib, korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish hamda bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar kelgusida ham izchillik bilan davom ettiriladi.
“O’zagrolizing” korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy xolatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etishda Sizlarning faolligingiz va tashabbuslaringizni qoʻllab-quvvatlaydi.
“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining markaziy apparati hamda uning viloyat filialari xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlarining guvohi boʻlsangiz yoki xodimlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik xolatlariga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotlarga ega boʻlsangiz, Jamiyatning 71 207-30-39 raqamli Ishonch telefoni yoki ushbu aloqa kanallari: telegram bot @uzal_bot; elektron pochta manzili anticor@uzal.uz; va rasmiy veb-sayt  https://uzal.uz/  (Antikorrupsiya) boʻlimi orqali oʻz murojaatingizni yoʻllashingiz mumkin.
Murojaatingiz qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar boʻyicha keskin qonuniy choralar koʻriladi.
Oʻz navbatida, Jamiyatimizda mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga hamda oʻz xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqiraman.
 Hurmat bilan,
Otajonov Nodir Sobirovich
“O’zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi

Loading

//