“O’zagrolizing” xalq xizmatida!
Bugungi kunda tizimli ravishda yetkazib berilayotgan zamonaviy texnikalar orqali hosildorlik miqdori tobora oshib bormoqda. Bu jarayonda “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan lizing shartlari asosida taqdim etilayotgan texnikalarning fermerlarga o’z vaqtida yetkazilishi juda katta ahamiyatga ega. Mazkur texnikalarning o’z vaqtida va to’liq yetkazilishi fermerlarning ish samaradorligini oshiradi, bu esa o’z navbatida qishloq xo’jaligi sohasidagi hosildorlikni sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Lizing orqali fermerlarga taqdim etilayotgan texnikalarning turli xilligi va ularning yuqori samaradorligi, ish jarayonlarini soddalashtiradi, vaqtni tejaydi va mehnat xavfsizligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, Jamiyatimiz tomonidan taqdim etilgan lizing shartlari fermerlarga moliyaviy yukni kamaytirish imkoniyatini yaratmoqda, bu esa o’z navbatida ularga texnikani uzoq muddatda va qulay shartlarda olish imkonini beradi.