Agrar sohadagi hamkorlik istiqbollari ortmoqda.

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida Boshqaruv raisi Nodir Otajonov, Jahon Banki koordinatori Bayarsayxan Tumurdavaa delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, yangi loyihalarni joriy etish masalalari muhokama etildi.
Muloqot davomida Jahon Banki tomonidan 2025-yilda lizing faoliyatini diversifikatsiya qilish hamda qo‘shimcha resusrlarni jalb qilish, kelgusidagi lizing loyihalari va rejalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, muammo va takliflar muhokama qilindi.
Xususan, kompaniya vakillari qishloq xo’jaligini texnika bilan ta’minlashdagi mexanizmlar asosida agrar tarmoqni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlarni ta’kidlab o’tildi.
Shuningdek, lizing orqali berilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va tegishli xizmatlarning texnologik rivojlanishi, ishonchliligi va sifatiga yangi loyihalar orqali hissa qo‘shish, sanoat kooperatsiyasi orqali tegishli va arzon mahsulotlarni ishlab chiqish uchun platforma yaratish hamda mahalliy tadbirkorlar bilan umumiy maqsadlar bo‘yicha kelishish va harakatlar rejasini muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.
Nodir Otajonov o’z navbatida, agrar sohadagi hamkorlikda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etar ekan, bugungi uchrashuv ham “O’zagrolizing” rivoji uchun manfaatli bo’lishini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida lizing faoliyatining bir qator tarmoqlari bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish hamda bu borada kelgusida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.

Loading

//