CLAAS kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyiha yoʻlga qoʻyildi.

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va CLAAS kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyiha yoʻlga qoʻyildi
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va dunyoga mashhur CLAAS kompaniyasi oʻrtasida shakllangan samarali va doimiy hamkorlik asosida yangi media-loyiha ishga tushirilmoqda.
Mazkur loyiha “Oʻzagrolizing” AJ Axborot xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlib, uning asosiy maqsadi – qishloq xoʻjaligi texnikalarining texnik va funksional imkoniyatlari haqida kuzatuvchilarga batafsil, ishonchli va professional axborot yetkazishdan iboratdir.
Loyiha doirasida sohaga oid malakali mutaxassislar tomonidan texnikalarning afzalliklari, foydalanish uslublari, texnik xizmat koʻrsatish tartiblari hamda zamonaviy innovatsion yechimlar haqida keng qamrovli tushuntirishlar berib boriladi.
Ushbu tashabbus mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni joriy etish va soha ishtirokchilarining texnik bilim va koʻnikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Loading

//