“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2025-yil 3-iyun kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi,  42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2025-yil 3-iyun kuni soat 09:00 da boshlanadi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.
 Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar: 
  1. Sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. “Oʻzagrolizing” AJ kuzatuv kengashi tarkibidagi ayrim aʼzolarning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish.
  4. “O‘zagrolizing” АЖ кузатув кенгаши таркибидаги ваколати тугатилаётган аъзоларнинг ўрнига янги номзодларни сайлаш.
  5. “Oʻzagrolizing” AJning yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
 
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:
 – Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2025-yil 12-may;
– Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi: 2025-yil 28-may.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻyicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati.
Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47
Oʻzagrolizing” AJ Kuzatuv kengashi

Loading

//