“O‘zagrolizing” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari diqqatiga!

“O‘zagrolizing” aktsiyadorlik jamiyati (100100, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʼchasi, 42a-uy, info@agroleasing.uz) 2026 yil 25 iyun kuni soat 10:00 da jamiyat aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

Jamiyat aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi oʼtkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʼchasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.
Jamiyat aktsiyadorlarini roʼyxatga olish 2026 yil 25 iyun kuni soat 09:00 da boshlanadi. Jamiyat aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishida ishtirok etish uchun aktsiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʼyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʼraladi.

Umumiy yigʼilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:

1. “O‘zagrolizing” АJ aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishining sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. “O‘zagrolizing” АJ aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishining reglamentini tasdiqlash.
3. “O‘zagrolizing” АJning 2025 yil moliya-xoʼjalik faoliyati natijalari, jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish, operativ samaradorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish boʼyicha koʼrilayotgan chora-tadbirlar hamda 2025 yil uchun tasdiqlangan Biznes-reja va samaradorlik muhim koʼrsatkichlarining bajarilishi toʼgʼrisida ijroiya organining hisobotini eshitish.
4. “O‘zagrolizing” АJ Kuzatuv kengashining 2025 yildagi faoliyati yakuni boʼyicha hisobotini eshitish.
5. “O‘zagrolizing” АJning 2025 yil faoliyati natijalari boʼyicha tashqi auditorlik tashkilotining xulosasini eshitish.
6. “O‘zagrolizing” АJning 2025 yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.
7. “O‘zagrolizing” АJning 2025 yil yakuni boʼyicha olingan sof foydasini taqsimlash, dividendlar miqdorini, uni toʼlash shakli, muddati va tartibini belgilash.
8. “O‘zagrolizing” АJning 2025 yil faoliyati yakuni boʼyicha oʼtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini eshitish.
9. “O‘zagrolizing” АJning affillangan shaxslari bilan kelgusida jamiyat tomonidan kundalik xoʼjalik faoliyati jarayonida aktsiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʼilishigacha boʼlgan davrda tuzilishi mumkin boʼlgan bitimlarni maʼqullash.
10. “O‘zagrolizing” aktsiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi toʼgʼrisidagi Nizomning yangi tahrirdagi loyihasini koʼrib chiqish va tasdiqlash.

Jamiyat aktsiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanalar:

– Jamiyat aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aktsiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2026 yil 1 iyun;
– Jamiyat aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishida ishtirok etish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlarning reestrini shakllantirish sanasi: 2026 yil 19 iyun.

Jamiyat aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi boʼyicha tayyorlangan hujjatlar bilan tanishish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʼchasi, 42a-uy, “O‘zagrolizing” aktsiyadorlik jamiyati.

Murojaat uchun telefon: 71 207-30-47

“O‘zagrolizing” AJ
Kuzatuv kengashi

Loading

//