O‘rim mavsumiga tayyorgarlik markazida — zamonaviy kombaynlar va malakali operatorlar.
➡️Navoiy shahrida g‘alla o‘rish kombaynlari operatorlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnikalardan samarali foydalanish, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish hamda operatorlar malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🚜 Seminarda “O‘zagrolizing” AJ Navoiy viloyati filiali rahbari ham ishtirok etib, bugungi kunda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, fermer va klasterlarga yuqori unumdor kombaynlarni yetkazib berish orqali o‘rim-yig‘im jarayonlarini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
🤔 Ta’kidlanganidek, lizing asosida yetkazib berilayotgan zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlari hosilni qisqa muddatlarda va minimal yo‘qotishlar bilan yig‘ib olish imkonini berib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining texnik imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
⏺Seminar davomida kombaynlarning texnik imkoniyatlari, ulardan to‘g‘ri foydalanish, texnika xavfsizligi talablari hamda mavsumni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan o‘rim-yig‘im ishlarini yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
![]()




