Namanganda g‘alla mavsumi avjida: bir hududda dastlabki hosil xirmonga tortilsa, boshqasida o‘rimga start berilmoqda.
🟡 Namangan viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi izchil davom etmoqda. Ayrim hududlarda fermerlar davlat xaridi rejalarini muvaffaqiyatli bajarib, dastlabki hosilni xirmonga topshirayotgan bo‘lsa, boshqa tumanlarda esa o‘rim-yig‘im ishlariga rasman start berilmoqda.
👍 Jumladan, Kosonsoy tumanida joriy yil 6145 gektar maydonda yetishtirilgan boshoqli don hosilini qisqa muddatlarda va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish maqsadida 12 ta g‘alla o‘rim otryadi shakllantirildi. Ular ixtiyoriga 12 ta zamonaviy kombayn hamda 60 ta don tashuvchi avtotransport vositasi biriktirildi.
⏺ Bug‘doy o‘rimiga kirishilishi munosabati bilan Tergachi MMTP hududidagi “Tergachi oltin g‘allasi” fermer xo‘jaligi dala shiyponida mavsumga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda tuman mutasaddilari, sohaga daxldor tashkilotlar vakillari, otryad rahbarlari va nuroniylar ishtirok etdi.
📝 Tadbir davomida o‘rim-yig‘im ishlarini avvalo adirlik va erta pishib yetilgan maydonlardan boshlash, hosilni sifatli va talafotsiz yig‘ib olish hamda mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
![]()




