Yuqori unumdor texnikalar bilan barakali hosil sari.
💬 Farg’ona viloyatining Toshloq tumanidagi “Yangi Guliston fayz” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun yetishtirilgan g‘alla maydonlarida o‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligida mavsumoldi dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
🌀 Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasiga mas’ul rahbarlar, mutaxassislar, fermerlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olinib, mavsumga rasman start berildi.
🤔 Tadbir davomida o‘rim-yig‘im ishlarini qisqa muddatlarda va sifatli amalga oshirish, hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish, texnikalardan samarali foydalanish hamda mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🚜 Mavsumda zamonaviy yuqori unumdor qishloq xo‘jaligi texnikalarining ishtiroki hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
🚜 Xususan, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazib berilgan zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlari o‘rim-yig‘im ishlarida faol qatnashmoqda.
⏺Ushbu texnikalar yuqori unumdorligi, yoqilg‘i tejamkorligi va hosilni sifatli yig‘ib olish imkoniyatlari bilan ajralib turib, fermer xo‘jaliklarining mavsumni qisqa muddatlarda va kam yo‘qotishlar bilan yakunlashiga xizmat qilmoqda.
✅ Seminarda ta’kidlanganidek, bugungi kunda “O‘zagrolizing” AJ tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berilgan zamonaviy texnikalar g‘alla o‘rim-yig‘im jarayonlarining asosiy tayanchiga aylanib, agrar sohada samaradorlikni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.
![]()




