Jamiyat tijorat tashkiloti boʻlib dehqon, fermer va shirkat xoʻjaliklariga, “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi hududiy korxonalarga hamda boshqa korxona va tashkilotlarga (bundan keyin “lizing oluvchilar” deb ataladi) ularning buyurtmalariga muvofiq sotib olinadigan qishloq xoʻjalik texnikalarining barcha turlari, avtotransport va mototransport vositalari, ekskovatorlar, texnologik uskuna va jihozlarni, chorvachilik texnikalari, zootexnika jihozlari va mexanizatsiya vositalarini (bundan keyin “texnikalar” deb ataladi) lizingga berish hisobidan lizing xizmati koʻrsatish orqali foyda olish maqsadida tuzildi.
Jamiyatning faoliyat sohasi (asosiy yoʻnalishlari) quyidagilardan iborat:
– Lizing oluvchilarning lizing asosida realizatsiya qilingan zamonaviy qishloq xoʻjaligi va boshqa texnikalarga, uskunalar hamda mini texnologiyalarga boʻlgan talablarini oʻrganish;
– agrar yoʻnalishdagi faoliyatning ustuvorligini taʼminlagan holda lizing faoliyati yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash va kengaytirish;
– zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan lizing xizmatlari turlarini va innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish;
– agrosanoat kompleksi, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining lizing loyihalari va tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalari va xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb etish;
– lizing xizmatlarini koʻrsatish sohasiga zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish va kadrlar malakasini oshirish.
– Moddiy yoki nomoddiy aktiv koʻrinishidagi koʻchar va koʻchmas mulkni sotib oladi, lizingga, shu jumladan qaytariladigan shakldagi lizingga beradi, ijaraga beradi, almashtiradi yoki mazkur mulk bilan bogʻliq boʻlgan boshqa har qanday huquq va manfaatlarni amalga oshiradi.
– Boshqa yuridik shaxslarning aksiyalarini sotib olish yoki ularning ustav fondiga ulush qoʻshish natijasida, mazkur yuridik shaxsning faoliyati natijasidan kelib tushadigan dividendlarni tasarruf etadi.
– Yuridik va jismoniy shaxslar bilan mustaqil ravishda kontrakt (shartnoma) va bitimlar tuzadi, qonunchilik hujjatlarida man etilmagan va ushbu ustavda koʻrsatilmagan faoliyat turlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanadi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida oʻziga majburiyatlar qabul qiladi.
– Oʻziga qabul qilgan har qanday majburiyatlarni koʻchmas mulk yoki majburiyatlarni taʼminlashning boshqacha usullari bilan taʼminlaydi.
– Oʻz shoʻba va tobe xoʻjalik jamiyatlari faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hollarda kafillik berish boʻyicha bitimlar tuzadi.
– Oʻz maqsadlariga erishish uchun qarz va kredit mablagʻlari oladi va olingan mablagʻlarning qaytarilishini taʼminlash maqsadida ularni moddiy va nomoddiy aktivlar koʻrinishida koʻchar va koʻchmas mulk sifatida sarmoya qilib kiritadi.
– Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
– Asosiy faoliyatdan tashqari qoʻshimcha foyda olish maqsadida Jamiyat, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan taʼqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
– Oʻzbekiston Respublikasi va chet el fuqarolarini amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarda ishga qabul qiladi, ularga oylik ish haqi miqdori va toʻlov shaklini belgilaydi, ragʻbatlantirish va imtiyozlar berish tartiblarini ishlab chiqadi va qoʻllaydi.

Fermer xo‘jaliklarini lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta'minlash sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

Yuklab olish

Fermer xo‘jaliklarini lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta'minlash sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida. Prezentasiya.

Yuklab olish

 261 umumiy ko'rishlar,  2 bugungi ko'rishlar