Jamiyat tomonidan xalqaro hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida
 Qishloq xoʻjaligini zarur texnikalar bilan taʼminlashning hamda qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirishning samarali mexanizmlardan biri lizing hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, zamonaviy yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash darajasini tubdan oshirish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish uchun yetakchi xorijiy kompaniyalarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish yuzasidan Hukumatimizning tegishli qaror va dasturlari  qabul qilingan.
Germaniyaning “CLAAS” konserni ishtirokida tashkil etilgan “Uz CLAAS Agro” qoʻshma korxonasida “Dominator 130” rusumli gʻalla oʻrish kombayni, “Arion 630S” rusumli haydov traktori, .“LEMKEN GmbH & Co. KG” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “LEMKEN Chirchiq” qoʻshma korxonasida “EurOral” modelidagi 2, 3, 4 va 5 korpusli aylanma osma pluglar, “Rubin” rusumli diskli boronalar va “Karat 9/300” rusumli tuproqqa intensiv ishlov beruvchi kultivatorlar ishlab chiqarilmoqda.
“Toshkent qishloq xoʻjalik texnikasi zavodi” AJ tomonidan Janubiy Koreyaning “U-62” va “I-38”  rusumidagi mini bogʻdorchilik traktorlarini ishlab chiqarilishi oʻzlashtirildi.
Respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari jami hajmining 50 foizidan ortigʻini “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mijozlarga lizingga yetkazib bermoqda.
Jamiyat tashkil etilgandan boshlab oʻtgan davr mobaynida umumiy qiymati 2,3 trln. soʻm boʻlgan 66,1 ming dona qishloq xoʻjaligi texnikalari fermer xoʻjaliklariga, mashina-traktor parklariga va “Oʻzagrokimyohimoya” hududiy birlashmalariga lizingga yetkazib berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-sonli “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari belgilab berilgan:
–       Fermer xoʻjaliklari, mashina-traktor parklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining lizing asosida topshiriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan talab-ehtiyojlarni oʻrganish;
–       Olingan buyurtmalar asosida zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan shunday texnikani ishlab chiqarish  va yetkazib berishga buyurtmani joylashtirish;
–       Belgilangan tartibda lizing oluvchilarga yangi va xaridorgir qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga topshirish;
–       “Oʻzagrotexmash” AJ tarkibiga kiruvchi qishloq xoʻjaligi uchun texnika ishlab chiqaruvchilarning mahsulotini lizing asosida sotishni tashkil etish;
–       Yetakchi lizing kompaniyalarining xalqaro tajribasini oʻrganish hamda lizing operatsiyalarini amalga oshirishning ilgʻor usullarini joriy etish.
Bundan tashqari:
– “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJga qishloq xoʻjalik texnikasining yetakchi xorijiy namunalarini respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozlik korxonalarida mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritadi.
– Xalqaro faoliyati doirasida “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati vakillari yirik xalqaro qishloq xoʻjalik texnikalari koʻrgazmalariga mazkur texnikalar boʻyicha dunyo bozorining konyunkturasini oʻrganish maqsadda muntazam ishtirok etadilar.

 244 umumiy ko'rishlar,  4 bugungi ko'rishlar