Lizingga texnika olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami (barcha turdagi lizing oluvchilar uchun)
 
  1. Oʻrnatilgan shakldagi texnikani lizingga olish buyurtmasi.
  2. Lizing oluvchi tashkilotning debitorlik-kreditorlik qarzlari toʻgʻrisida maʼlumot.
  3. Lizing oluvchi tashkilotning oxirgi hisobot chorak (yili)dagi soliq inspeksiyasida tasdiqlangan buxgalteriya balansi (ilovalari bilan birgalikda).
  4. Xizmat koʻrsatuvchi bankdan ssuda qarzlari va 2-sonli kartoteka toʻgʻrisida maʼlumot.
  5. Lizing oluvchi tashkilot ustavi nusxasi va biznes reja.
  6. Taʼsis shartnomasi nusxasi. (Fermer xoʻjaligidan boshqa lizing oluvchi yuridik shaxslar uchun).
  7. Texnika olishga korxona taʼsischilarining rozilik bayonnomasi. (Fermer xoʻjaligidan boshqa lizing oluvchi yuridik shaxslar uchun).
Lizing shartnomasi tuzilganidan keyin:
  1. Sugʻurta polisi (oʻziyurar texnikalar uchun).
  2. Kafillik shartnomasi (texnika narxiga qarab).
 
Kafillik uchun quyidagi hujjatdar zarur:
Kafil fermer xoʻjaligi boʻlsa:
Xizmat koʻrsatuvchi bankdan ssuda qarzlari va 2-sonli kartoteka toʻgʻrisida maʼlumot.
Kafil mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxs boʻlsa:
Xizmat koʻrsatuvchi bankdan ssuda qarzlari va 2-sonli kartoteka toʻgʻrisida maʼlumot va kafillik taqdim etish uchun korxona taʼsischilarining rozilik bayonnomasi.

 242 umumiy ko'rishlar,  2 bugungi ko'rishlar