“Özagrolizing” AJ rasmiy veb-sayti (uzal.uz) yangi dizayn va takomillaştirilgan imkoniyatlar bilan ishga tuşirildi
🌐 “ÖZAGROLIZING” AJ RASMIY VEB-SAYTI YANGILANDI!
“Özagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti — uzal.uz zamonaviy dizayn, takomillashtirilgan foydalanuvchi interfeysi va ilgʻor raqamli imkoniyatlar asosida yangilandi.
Yangilangan platforma Jamiyat faoliyati haqida ochiq va batafsil maʼlumot olish, lizing xizmatlari bilan tanishish hamda barcha zarur elektron xizmatlardan qulay va tezkor foydalanish jarayonini yengillashtirishga qaratilgan.
Endilikda fermerlar, agromajmualar va barcha foydalanuvchilar yagona portal orqali:
- Qishloq xöjaligi texnikalari katalogi: traktorlar, kombaynlar, osma va tirkama agregatlarning texnik tavsiflari hamda narxlari bilan batafsil tanishish;
- Interaktiv lizing kalkulyatori: yillik stavkalar, boshlanğich tolov hamda annuitet yoki differensial tolov usullari böyicha oylik va choraklik tölovlarni bir zumda aniq hisob-kitob qilish;
- Virtual qabulxona va onlayn maslahatchi: sunʼiy intellekt agenti hamkorligida 24/7 rejimda qiziqtirgan savollarga tezkor javob olish;
- Elektron ariza topshirish: lizing shartnomalarini rasmiylashtirish uchun yagona mijozlar portaliga (client.uzal.uz) bir klik orqali ötish;
- Axborot shaffofligi: Jamiyatning moliyaviy hisobotlari, korporativ hujjatlari, meʼyoriy-huquqiy baza va muhim yangiliklarini muntazam kuzatib borish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, saytning özbek (yangi lotin alifbosida), rus va ingliz tillaridagi toliq versiyalari foydalanuvchilarga axborotlardan ozlari uchun qulay tilda foydalanish qulayligini yaratadi.
Mazkur yangilanish “Özagrolizing” AJ faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, raqamli shaffoflikni taʼminlash va mijozlarga körsatiladigan xizmatlar sifatini yangi bosqichga kötarish yölidagi muhim qadamdir.
Yangilangan sayt bilan tanishing: https://uzal.uz/
#Raqamlashtirish #UzalUz #Ozagrolizing #TexnikaKatalogi #Kalkulyator
Mavzuga doir boshqa xabarlar
11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Davlat boşqaruvida yoş kadrlar salohiyati va Yangi Özbekiston strategiyasi: “Özagrolizing” AJda oçıq muloqot