Özagrolizing AJ
O‘zbekiston yangiliklari
2026-11-05
156 ko'rildi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining dehqon va fermerlar hamda barça qişloq xöjaligi xodimlariga tabrigi

Yangilangan sana: 2026-11-05
Özbekiston Respublikasi Prezidentining dehqon va fermerlar hamda barça qişloq xöjaligi xodimlariga tabrigi

🏛 ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ŞAVKAT MIRZIYOYEVNING DEHQON VA FERMERLARGA TABRIGI

Qadrli vatandoshlar!
Hurmatli dehqon va fermerlar, klaster xodimlari, dala mehnatkashlari!

Siz, azizlarni Yangi Özbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod yuksak paxta xirmoni bunyod etib, erishilgan ulkan mehnat ğalabasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Albatta, sizlarning fidokorona mehnatingiz, jasorat va matonatingiz bilan qölga kiritilgan bu tarixiy ğalaba mamlakatimiz qishloq xöjaligida olib borilayotgan tub islohotlarning amaliy samarasidir. Bu yutuqning ijodkori sizlar — azamat dehqon va fermerlarimiz, mohir agronom, suvchi, mexanizator, soha olimlari va mutaxassislaridir. Fursatdan foydalanib, barchangizga öz nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirib, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ayniqsa, iqlim özgarishi bilan boğliq murakkab ob-havo sharoitlariga qaramay, agrar sohada zamonaviy agrotexnologiyalar, suv tejovchi usullar va yuqori unumli texnikalarning joriy etilishi misli körilmagan natijalarga zamin yaratdi. Qishloq xöjaligi texnikalari parkining yangilanishi, lizing tizimining kengaytirilishi va fermerlarni moliyaviy qöllab-quvvatlash chora-tadbirlari hosildorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi.

Dala zahmatkashlarining sharafli mehnati tufayli barpo etilgan ushbu oq oltin xirmoni xalqimiz dasturxonining tokinligi, sanoatimiz rivoji va yurtimiz iqtisodiy qudratining yuksalishiga xizmat qiladi. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, masʼuliyatli va sharafli mehnatingizda ulkan zafarlar tilayman!

Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Rasmiy sahifalarimiz: uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube