Qaşqadaryolik paxtakorlar mavsumni 104 foizlik natija bilan yakunladi
📺 QAŞQADARYOLIK PAXTAKORLAR MAVSUMNI 104 FOIZLIK NATIJA BILAN YAKUNLADI
“Mening yurtim” telekanalining “Hudud” dasturida Qaşqadaryo viloyatida paxta yiğim-terimi mavsumi yakunlari hamda yuksak hosilni nes-nobud qilmasdan yiğib olişda foydalanilgan zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalari haqida maxsus videoreportaj efirga uzatildi.
Mavsum davomida viloyatda belgilangan 614 ming tonna reja örniga 635 ming tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirilib, yillik shartnomaviy reja 104 foizga bajarildi.
Ushbu ulkan hosilni qisqa muddatlarda yig‘ishtirib olish jarayoniga 300 ga yaqin paxta terish mashinasi, 2 mingdan ortiq yuqori quvvatli transport traktori hamda 3 mingdan ziyod zamonaviy tirkamalar safarbar etildi. Terim jarayonida “Özagrolizing” AJ orqali fermer va klasterlarga yetkazib berilgan texnikalar uzluksiz va yuqori unumdorlik bilan xizmat qildi.
Telekanal reportajida agrar sohani mexanizatsiyalash, lizing asosida qulay shartlarda zamonaviy texnikalar yetkazib berish va yangi texnologiyalarni tatbiq etish paxtachilikda tannarxni pasaytirish hamda hosildorlikni taʼminlashning asosiy tayanchi ekani alohida taʼkidlandi.
#oav_biz_haqimizda #Qashqadaryo #MeningYurtim #Uzagrolizing #PaxtaTerimi