O‘zagrolizing AJ
O‘zbekiston yangiliklari
2026-08-18
117 ko'rildi

Tadbirkorlar uchun garov va imkoniyatlar kengayadi

Yangilangan sana: 2026-08-18
Tadbirkorlar uchun garov va imkoniyatlar kengayadi

🟡Kichik biznes uchun muhim yangiliklardan biri — “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra, 10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 30 foizini davlat, 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi, 15 foizini bank qoplaydi. Tadbirkorga esa 25 foiz garov yetarli bo‘ladi. 🟡Sun’iy intellekt asosidagi “Virtual soliq maslahatchisi” ishga tushirildi. Kelasi yildan AI yordamchilari qurilish, mehnat, tashqi savdo va davlat xizmatlarida ham joriy etiladi.

Ikkinchi yo‘nalish – hududlarda “biznes imkoniyatlari”ni oshirish.

🟡Davlat aktivlarini tadbirkorlarga berishda ham yangi imkoniyatlar yaratiladi: avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, 6 oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi. Summaning yarmini to‘lagan tadbirkor qolganini 7 yil davomida foizsiz to‘lashi mumkin. 🟡Sotilmay qolgan davlat mulkining narxi esa bosqichma-bosqich 10 foizgacha tushiriladi.