YOSHLAR TASHABBUSI — TARAQQIYOT POYDEVORI
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish “O‘zagrolizing” AJ faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
“Yoshlar kuni” doirasida davlat rahbari darajasida o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, shuningdek, ularni qarorlar qabul qilish jarayonlariga jalb etish maqsadida qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, Jamiyatning hududiy filiallari rahbarlari hamda mahalliy yosh fermerlar o‘rtasida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, yosh tadbirkor va dehqonlarni qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarni bartaraf etish hamda tegishli lizing yechimlarini taqdim etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, yoshlarning yetakchilik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Bir kunlik rahbar” loyihasi amalga oshirilib, yosh mutaxassislarga boshqaruv jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilmoqda.
“O‘zagrolizing” AJ Axborot xizmati: www.uzal.uz | Telegram
Mavzuga doir boshqa xabarlar
Lizingga texnika olgan fermerning shartnoma muddati tugaganda, agar qarzdorlik mavjud bo‘lsa, Jamiyat qanday choralar ko‘radi?
KELGUSI HOSILGA BUGUNDAN POYDEVOR: POPDA KUZGI DALA ISHLARI