“O‘zagrolizing” rahbariyati O‘rtachirchiqda fuqarolar murojaatlarini tingladi
🤝 “O‘ZAGROLIZING” RAHBARIYATI O‘RTACHIRCHIQDA FUQAROLAR MUROJAATLARINI TINGLADI
2026-yil 30-oktabr kuni “O‘zagrolizing” AJ rahbariyati tomonidan Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Unda hududdagi fuqarolar, fermer xo‘jaliklari hamda agrar soha korxonalari rahbarlarining murojaatlari birma-bir tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini imtiyozli shartlarda lizingga olish, shartnomalarni rasmiylashtirish muddatlari hamda to‘lov jadvalini qulay tarzda shakllantirish masalalari tashkil etdi.
📍 Sayyor qabul o‘tkazilgan manzil:
Hudud: Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Qorasuv qo‘rg‘oni
Joy: Uyg‘ur mahallasi, Yoshlik ko‘chasi, 1-uy
Ko‘tarilgan barcha murojaatlar bo‘yicha batafsil huquqiy va iqtisodiy tushuntirishlar berildi, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar darhol qanoatlantirildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan arizalar Jamiyat rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, mas’ul mutaxassislarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Rasmiy sahifalarimiz: www.uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube