O‘zagrolizing AJ
Jamiyat yangiliklari
2026-11-02
136 ko'rildi

“O‘zagrolizing” AJning 27 yillik yubileyi munosib nishonlandi

Yangilangan sana: 2026-11-02
“O‘zagrolizing” AJning 27 yillik yubileyi munosib nishonlandi

🎉 “O‘ZAGROLIZING” AJNING 27 YILLIK YUBILEYI MUNOSIB NISHONLANDI

Bugun “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 27 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Jamiyat rahbariyati, markaziy apparat va hududiy filiallar xodimlari hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriy jamoa vakillari ishtirok etdi.

Bayram dasturi davomida, avvalo, Jamiyatning 27 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videofilm namoyish etildi. Unda “O‘zagrolizing” AJning rivojlanish bosqichlari, yillar davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan salmoqli natijalar hamda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasidagi tizimli faoliyat aks ettirildi. Film orqali Jamiyatning bugungi salohiyati va agrar tarmoq taraqqiyotidagi o‘rniga yana bir bor nazar tashlandi.

🎖 Fidoyi xodimlar munosib taqdirlandi

Tadbirning muhim va e’tiborli qismi sifatida Jamiyat rivoji yo‘lida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan, o‘zining kasbiy mahorati, tashabbuskorligi va fidokorona mehnati bilan jamoa taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

27 yillik yubiley munosabati bilan bir guruh xodimlarga Jamiyat rahbariyatining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu e’tirof ularning ko‘p yillik mehnati, kasbiga sadoqati va Jamiyat oldidagi xizmatlariga bildirilgan yuksak hurmat ifodasi bo‘ldi.

Tantanali tadbir davomida Jamiyatning bosib o‘tgan 27 yillik yo‘liga sarhisob qilinar ekan, kelgusidagi ustuvor vazifalar, yangi marralar va istiqboldagi strategik maqsadlar sari intilish ruhi ham alohida namoyon bo‘ldi. Zero, 27 yillik tarix — bu shunchaki sana emas, balki ko‘p yillik fidokorona mehnat, tajriba, hamjihatlik va izchil taraqqiyot mahsulidir.

📸 Bayram tadbiridan fotolavhalar:

Tadbir lahzalari 1
Tadbir lahzalari 2
Tadbir lahzalari 3
Tadbir lahzalari 4
Tadbir lahzalari 5
Tadbir lahzalari 6
Tadbir lahzalari 7
Tadbir lahzalari 8
Tadbir lahzalari 9

#Uzagrolizing_27yil

Rasmiy sahifalarimiz: www.uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube