O‘zagrolizing AJ
OAV biz haqimizda
2026-11-02
146 ko'rildi

Fermerlar diqqatiga! 20 foiz to‘lov bilan zamonaviy texnika olish imkoniyati!

Yangilangan sana: 2026-11-02
Fermerlar diqqatiga! 20 foiz to‘lov bilan zamonaviy texnika olish imkoniyati!

🚜 FERMERLAR DIQQATIGA! 20 FOIZ TO‘LOV BILAN ZAMONAVIY TEXNIKA OLISH IMKONIYATI!

“O‘zagrolizing” AJ fermerlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun misli ko‘rilmagan yangi moliyaviy imtiyozlarni e’lon qilmoqda. Endilikda jahon andozalariga mos zamonaviy agrotexnikalarni bor-yo‘g‘i 20 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan lizingga xarid qilish mumkin.

🌍 “John Deere Financial”dan 10 million yevro xorijiy investitsiya!

Kompaniya o‘zining xalqaro obro‘si va ishonchli moliyaviy salohiyati evaziga davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri “John Deere Financial” xalqaro tashkilotidan 10 million yevro miqdorida mablag‘ jalb etishga erishdi.

  • Boshlang‘ich to‘lov atigi 20%
  • Uzoq muddatli va moslashuvchan to‘lov shartlari
  • Eng so‘nggi rusumdagi samarali qishloq xo‘jaligi texnikalari
  • Tezkor va shaffof onlayn hujjat topshirish imkoniyati

Fermerlar uchun qanday yangi imkoniyatlar yaratilgan? Kompaniyaning yangilangan lizing shartlari qanday afzalliklarga ega? Bu haqda “O‘zagrolizing” rahbariyati Effect.uz axborot agentligi muxbiriga bergan maxsus intervyusida batafsil ma’lumot berdi.

Rasmiy sahifalarimiz: www.uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube