27 yillik tarix — tajriba, fidoyilik va taraqqiyot!
🚜 27 YILLIK TARIX — TAJRIBA, FIDOYILIK VA TARAQQIYOT!
Har bir yutuq ortida izlanish, fidoyilik va katta mehnat mujassam. “O‘zagrolizing” AJning 27 yillik faoliyati — mamlakatimiz agrar tarmog‘ini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligini zamonaviy va yuqori unumli texnikalar bilan ta’minlash hamda fermerlar imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi sharafli tarixdir.
🎬 27 yillik yubiley munosabati bilan maxsus videofilm
Ushbu videofilm orqali Jamiyatning bosib o‘tgan 27 yillik sharafli taraqqiyot yo‘li, tarmoqda erishilgan yuksak ko‘rsatkichlar va kelgusidagi istiqbolli rejalariga batafsil nazar tashlaymiz.
1999-yilda tashkil etilgan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda agrosanoat majmuasini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlovchi yetakchi lizing kompaniyasi hisoblanadi. Jamiyat o‘z faoliyati davomida minglab fermer xo‘jaliklari va klasterlarga ishonchli hamkor bo‘lib, respublikamiz oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda.
#Uzagrolizing_27yil
Rasmiy sahifalarimiz: www.uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube