KELGUSI HOSILGA BUGUNDAN POYDEVOR: POPDA KUZGI DALA ISHLARI
Pop tumanida kelgusi yil hosili uchun yer maydonlarini sifatli tayyorlash, kuzgi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish ishlari izchil davom etmoqda.
«Yakkatut» MMTP hududidagi «Shuhrat Umid servis» fermer xo‘jaligi dala maydonida kuzgi shudgorlash ishlarini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat va tuman mas’ullari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, yer resurslaridan oqilona foydalanish, foydalanishdan chetda qolgan yerlarni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish, ichki ariqlarni tozalash va hududlarni obodonlashtirish masalalari yuzasidan tegishli topshiriqlar berdilar.
Kuzgi dala ishlarini qisqa muddatlarda va agrotexnik talablar asosida bajarishda zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalarining o‘rni beqiyos. Bu borada «O‘zagrolizing» AJ tomonidan fermer xo‘jaliklarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash va ularni lizing asosida yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Pop tumani bo‘yicha kuzgi shudgorlash ko‘rsatkichlari:
- 16 334 gektar yer maydonini shudgorlash rejalashtirilgan;
- 13 ta otryad tashkil etilgan;
- Yuqori unumli zamonaviy texnikalar jalb qilingan.
“O‘zagrolizing” AJ Axborot xizmati: www.uzal.uz | Telegram
Mavzuga doir boshqa xabarlar
Lizingga texnika olgan fermerning shartnoma muddati tugaganda, agar qarzdorlik mavjud bo‘lsa, Jamiyat qanday choralar ko‘radi?
YOSHLAR TASHABBUSI — TARAQQIYOT POYDEVORI