OAV biz haqimizda
2026-05-26
102 ko'rildi
UzA | Surxondaryoda g‘allaga o‘roq tushdi.
Yangilangan sana: 2026-05-26
Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘imi uyushqoqlik bilan boshlandi. Mavsum oldidan Hakim Termiziy majmuasida mavsum oldidan voha faollari, tuman hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, mehnat faxriylari, diniy soha vakillari ishtirokida ehson tadbiri tashkil etildi. Viloyat g‘allakorlari joriy yil hosili uchun 84 ming 672 gektar maydonda g‘alla yetishtirdi. Hosilni qisqa muddatlarda isrof qilmasdan yig‘ib olish uchun 120 ta maxsus otryad tashkil etilib, ularga 234 ta yuqori unumli kombayn, 1 ming 191 ta yuk tashish texnikasi, 110 ta ko‘chma ustaxona va 79 ta yoqilg‘i tashish vositasi biriktirildi. Batafsil: https://uza.uz/posts/861938