O‘zagrolizing AJ
Jamiyat yangiliklari
2026-10-19
162 ko'rildi

“John Deere” texnikalari: lizing imkoniyatlari va hamkorlik istiqbollari

Yangilangan sana: 2026-10-19
“John Deere” texnikalari: lizing imkoniyatlari va hamkorlik istiqbollari

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda “John Deere” brendining rasmiy dilerlaridan biri — CISEG GmbH kompaniyasi aksiyadori Yaşar Incesu o‘rtasida rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligini zamonaviy, yuqori unumdor va innovatsion texnikalar bilan ta’minlash, “John Deere” texnikalarini lizing asosida yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirish hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Fermer xo‘jaliklari va klasterlarning zamonaviy texnikalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ularga qulay lizing mexanizmlarini taklif etish va yetkazib berish zanjirini optimallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirishga xizmat qiladigan yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Rasmiy sahifalarimiz: www.uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube