O‘zagrolizing AJ
O‘zbekiston yangiliklari
2026-09-01
193 ko'rildi

Mustaqillik – ezgu maqsadlar va yorug‘ kelajak timsoli.

Yangilangan sana: 2026-09-01
Mustaqillik – ezgu maqsadlar va yorug‘ kelajak timsoli.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi – xalqimizning asriy orzu-intilishlari, tarixiy xotirasi, milliy g‘ururi va Vatanimizning yorug‘ kelajakka bo‘lgan yuksak ishonchini o‘zida mujassam etgan ulug‘ bayramdir. Mustaqillik – yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va bunyodkorlik uchun mustahkam zamin yaratgan bebaho ne’matdir. Bugun mamlakatimizda barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, zamonaviy va yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish orqali tarmoqning texnik salohiyati izchil yuksaltirilmoqda. “O‘zagrolizing” AJ jamoasi ham o‘z faoliyati orqali fermer va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga ko‘maklashish hamda yurtimiz qishloq xo‘jaligining barqaror rivojiga munosib hissa qo‘shishni o‘zining muhim vazifalaridan biri deb biladi. Shu munosabat bilan, “O‘zagrolizing” AJ jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, qishloq xo‘jaligimiz taraqqiyoti va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, Vatanimiz obod va xalqimiz farovon bo‘lsin!