O‘zagrolizing AJ
Ommaviy tadbirlar
2026-03-19
99 ko'rildi

2025-yilda "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan qariyb 292 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Yangilangan sana: 2026-03-19
2025-yilda "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan qariyb 292 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirildi.

   Mazkur mablag‘larning asosiy qismi zamonaviy paxta terish mashinalari, g‘alla o‘rish kombaynlari va boshqa turdagi texnikalarni xarid qilish hamda agrar sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirishga yo‘naltirildi.

   128,4 million dollardan ortiq mablag‘ paxta terish mashinalarini xarid qilishga, 70 million dollar meva-sabzavotchilik tarmog‘ida ishlab chiqarish zanjirini kengaytirishga, 74 million dollar qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarga, 19,5 million dollar Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihasi doirasida mablag‘lar yo‘naltirildi.

   2026-yilda qishloq xo‘jaligi texnikalarini moliyalashtirish uchun yangi xalqaro moliyaviy manbalar jalb etilishi rejalashtirilgan. Xususan, Xitoy Eksimbanki, xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hamkor kompaniyalar ishtirokida jami 80 million AQSh dollari va 10 million yevro miqdoridagi mablag‘larni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

   2025-yil yakunlariga ko‘ra, jami 5 368 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetkazib berildi. Ularning umumiy qiymati 4,4 trillion so‘mni tashkil etdi.

   Bugungi kun holatiga 1200 donadan ortiq qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlati lizing asosida yetkazib berildi.

Yil yakuniga qadar 3600 dona
texnikalari lizing asosida yetkazib berish ko’zda tutilgan.