O‘zagrolizing AJ
Jamiyat yangiliklari
2026-10-30
126 ko'rildi

27 YIL: TAJRIBA, NATIJA VA YANGI MARRALAR SARI!

Yangilangan sana: 2026-10-30
27 YIL: TAJRIBA, NATIJA VA YANGI MARRALAR SARI!

🎉 27 YIL: TAJRIBA, NATIJA VA YANGI MARRALAR SARI!

Qishloq xo‘jaligining taraqqiyoti, avvalo, uning texnik imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanganiga bog‘liq. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining 27 yillik faoliyati ham aynan shu maqsad — agrar tarmoqni modernizatsiya qilish va fermerlar imkoniyatlarini kengaytirish bilan chambarchas bog‘liq.

🚜 104 739 DONA TEXNIKA — 27 YILLIK FAOLIYAT NATIJASI

2001–2026-yillar davomida Jamiyat tomonidan respublika hududlariga jami 104 739 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing asosida yetkazib berildi. Ular orasida:

  • 🔹 33 036 dona traktor;
  • 🔹 14 149 dona ekish seyalkasi va kultivator;
  • 🔹 2 787 dona paxta terish mashinasi;
  • 🔹 2 387 dona g‘alla o‘rish kombayni;
  • 🔹 52 380 dona boshqa turdagi zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari mavjud.

📈 MOLIYAVIY SALOHIYAT VA BARQAROR O‘SISH

2026-yil 1-oktyabr holatiga Jamiyatning lizing portfeli 8,7 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 134 foizlik o‘sishni anglatadi. Jami aktivlar 9,3 trillion so‘mni, ustav kapitali esa 1 trillion 16 milliard so‘mni tashkil etdi.

👍 2026-YIL: YANGI NATIJALAR VA AMALIY ISHLAR

Joriy yilning 1-oktyabr holatiga respublika hududlariga umumiy qiymati 2 trillion 821 milliard 180,1 million so‘mlik 2 984 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berildi. Shuningdek, yil davomida 957 dona zamonaviy paxta terish mashinasi lizing asosida topshirildi. Bugungi kunda respublikadagi mavjud paxta terish mashinalarining 2 231 donasi Jamiyat tomonidan yetkazib berilgan.

🌐 XALQARO HAMKORLIK VA RAQAMLI IMKONIYATLAR

Jahon banki, JICA, Xitoy Eksimbanki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik Jamiyatning moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. “John Deere Finance” bilan 10 million yevrolik moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv ham muhim hamkorlik yo‘nalishlaridan biridir.

Shu bilan birga, fermerlar uchun lizing xizmatlaridan foydalanishni osonlashtirish maqsadida “O‘zagrolizing” mobil ilovasi yaratildi. Endilikda texnika tanlash, lizing shartlari bilan tanishish va ariza topshirish jarayonlarini raqamli platforma orqali amalga oshirish mumkin.

27 yil — bu shunchaki sana emas. Bu minglab texnikalar, kengaygan hamkorlik, ortib borayotgan imkoniyatlar va agrar taraqqiyotga qo‘shilgan munosib hissadir.

Rasmiy manba: www.uzal.uz | Telegram: @uzal_uz