37 yil — Ona tilimizga ehtirom, millatimizga e’zoz!
37 YIL — ONA TILIMIZGA EHTIROM, MILLATIMIZGA E’ZOZ!
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy qadam ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va davlatchiligimizdagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim burilish nuqtasi bo‘ldi.
Bugun, oradan 37 yil o‘tib, o‘zbek tili — milliy g‘ururimiz, bebaho ma’naviy boyligimiz va avlodlarni o‘zaro birlashtiruvchi muqaddas qadriyatimizdir. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridan tortib, hazrat Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” durdonasigacha bo‘lgan buyuk meros tilimizning naqadar qudratli va boy ekanligini isbotlaydi.
Ona tilimizni asrash, qadrlash va uning nufuzini yuksaltirish — barchamizning sharafli burchimizdir!
Rasmiy sahifalarimiz: www.uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube