O‘zagrolizing AJ
Ommaviy tadbirlar
2026-07-09
139 ko'rildi

“O‘zagrolizing” AJ faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqildi.

Yangilangan sana: 2026-07-09
“O‘zagrolizing” AJ faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqildi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika bilan ta'minlash, fermer va klaster xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash hamda agrar tarmoqning texnik salohiyatini mustahkamlash borasida "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2026-yil 1-iyun holatiga Jamiyatning lizing portfeli 6 trillion 669 milliard so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 168 foizga oshgan bo‘lib, 2025-yilning shu davrida lizing portfeli 3 trillion 965 milliard so‘mni tashkil etgan. 2026-yilning 1-iyul holatiga "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan respublika hududlariga jami 1 929 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berildi. Yetkazib berilgan texnikalarning umumiy qiymati 121 milliard 883,9 million so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Jamiyatning hududiy filiallari tomonidan lizing shartnomalari asosida yetkazib berilgan jami 17 314 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi to‘liq texnik monitoring ko‘rigidan o‘tkazildi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlari xalqaro auditorlik tarmog‘i a'zosi bo‘lgan "HLB Tashkent" MCHJ tomonidan Auditning xalqaro standartlari (ISA) talablariga muvofiq auditdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi hamda Jamiyat auditorlik xulosasini qo‘lga kiritdi. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqildi. Mazkur xarita asosida Jamiyatning 14 ta asosiy funksiyasi bo‘yicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi. Natijalarga ko‘ra, 11 ta funksiyada o‘rta, 3 ta funksiyada esa past darajadagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar mavjudligi aniqlandi. Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar Jamiyat faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini yanada mustahkamlash, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.