O‘zagrolizing AJ
Ommaviy tadbirlar
2026-09-30
161 ko'rildi

Farg‘ona viloyatida “Amaliyot, tajriba va natija” mavzusida press-tur tashkil etildi

Yangilangan sana: 2026-09-30
Farg‘ona viloyatida “Amaliyot, tajriba va natija” mavzusida press-tur tashkil etildi

   Unda Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari, fermer xo‘jaliklari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

   Press-turdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ishtirokchilarni “O‘zagrolizing” AJ faoliyati, qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlash borasidagi amaliy ishlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda ilg‘or fermer xo‘jaliklari tajribasi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

   Tadbir davomida ishtirokchilarga Jamiyatning qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklarini zamonaviy, yuqori unumli texnikalar bilan ta’minlash, lizing mexanizmlari orqali zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda hududlarda qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasini rivojlantirish borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

   Dastur doirasida “Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd” korxonasiga tashrif buyurilib texnika ishlab chiqarish yo‘nalishidagi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

   Shuningdek Farg‘ona viloyatidagi ilg‘or xo‘jaliklardan biri — “Mezon”tajribasi ham o‘rganildi. Ishtirokchilar xo‘jalikning paxta yetishtirish va yig‘im-terim jarayonidagi tajribasi, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish amaliyoti hamda mavsumni samarali tashkil etish bo‘yicha olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

   Xususan, daladagi jarayonlar, texnikalarning ish unumdorligi va paxta hosilini qisqa muddatlarda yig‘ib olishda mexanizatsiyaning o‘rni amaliy misollar orqali namoyish etildi. Bu esa tadbir ishtirokchilariga zamonaviy texnika va ilg‘or agrotexnologiyalarning bevosita natijaga qanday xizmat qilayotganini joyida ko‘rish imkonini berdi.

   Umuman, “Amaliyot, tajriba va natija” mavzusidagi press-tur qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnika, ishlab chiqarish imkoniyatlari va ilg‘or fermerlik tajribasining o‘zaro uyg‘unligini amaliy misollar orqali namoyon etdi.