Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi — Qonun qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi Qonuni (O‘RQ–1184-son, 21.10.2026-y.) qabul qilindi.
🔰 Qonunga ko‘ra: O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat o‘zbek alifbosi joriy etiladi.
🔎 Mazkur o‘zgartirishga muvofiq, alifbo avvalgi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi:
Yangi joriy etilgan harflar: Ğ ğ (G‘ g‘ o‘rniga), Ö ö (O‘ o‘ o‘rniga), Ş ş (Sh sh o‘rniga), Ç ç (Ch ch o‘rniga).
📝 To‘liq alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi).
📜 Shuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:
- Qonun kuchga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarda takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lishi ularning amal qilishiga va muomalada bo‘lishiga monelik qilmaydi.
- Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, gerb bo‘rtma tasvirlari, peshlavha va ko‘rsatkichlardan ular yaroqsiz holatga kelguniga qadar foydalaniladi.
- 📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
Rasmiy manba: Huquqiy axborot | Kompaniya sahifalari: www.uzal.uz | Telegram