Jamiyat yangiliklari
2026-10-23
85 ko'rildi
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari imtiyozli lizing asosida!
Yangilangan sana: 2026-10-23
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati mahalliy ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini qulay va imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishda davom etmoqda.
Mahalliy mashinasozlik korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan traktorlar, ekin ekish agregatlari, kultivatorlar, pluglar hamda tirkamalar yuqori mustahkamligi, tejamkorligi va ehtiyot qismlarining arzonligi bilan fermerlarimiz e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Lizing mexanizmlari orqali xarid qilish fermer xo‘jaliklariga katta boshlang‘ich xarajatlarsiz o‘z texnika parkini yangilash va hosildorlikni oshirish imkonini beradi.
Bog‘lanish va arizalar uchun: www.uzal.uz | Call-markaz: +998 (71) 207-20-75