O‘zagrolizing AJ
Ommaviy tadbirlar
2026-09-03
172 ko'rildi

Aql, strategiya va mahorat: “O‘zagrolizing” xodimlari shaxmat musobaqasida.

Yangilangan sana: 2026-09-03
Aql, strategiya va mahorat: “O‘zagrolizing” xodimlari shaxmat musobaqasida.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, strategik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida ommaviy shaxmat turniri tashkil etildi. ♟Turnir “UzChess” platformasi orqali onlayn hamda an’anaviy — shaxmat taxtasi boshida o‘tkazilib, unda Jamiyat xodimlari faol ishtirok etdilar. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash, vaziyatni tezkor tahlil qilish, strategik yondashuv va to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha mahoratlarini namoyon etdilar. 👍 Shaxmat insondan nafaqat chuqur tafakkur va diqqatni, balki oldindan rejalashtirish, turli vaziyatlarni tahlil qilish hamda har bir qarorning ehtimoliy natijasini baholashni talab etadi. Shu jihatdan mazkur intellektual musobaqa xodimlarning kasbiy faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan strategik fikrlash va tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 🥇Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.