Zamonaviy texnika — samarali terim va yuqori natija sari muhim qadam!
Surxondaryoda paxta yig‘im-terim mavsumini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Jamiyat tomonidan fermerlarga 96 ta zamonaviy paxta terish mashinasi topshirildi. 🚜 Yangi texnikalar fermerlarning ishini yengillashtirish, terim jarayonini jadallashtirish va hosilni qisqa muddatlarda yig‘ib olishda muhim omil bo‘ladi. 💬 Mazkur jarayon "Surxondaryo MTRK" kanalida keng yoritilib, hududda paxta terim mavsumiga ko‘rilayotgan puxta tayyorgarlik keng jamoatchilikka namoyish etildi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo tumanida paxta yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichga kirdi. Hududda zamonaviy texnikalarni mavsumga shaylash va mexanizatorlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. 🚜 Jumladan, “O‘zagrolizing” AJ orqali yetkazib berilgan paxta terish mashinalari ham mavsumga tayyor holatga keltirilmoqda. 📹 Mazkur jarayon haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.