NAMANGAN PAXTAKORLARI — YUQORI HOSIL VA ZAMONAVIY TEXNIKALAR SAMARASI!
Namangan viloyati paxtakorlari 2026-yilgi paxta topshirish rejasini ortig‘i bilan bajarib, mavsumni yuksak natijalar bilan davom ettirmoqda. Ushbu muvaffaqiyat zamirida fermerlarning mehnati, ilg‘or agrotexnologiyalar va zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish mujassam.
Joriy yilda viloyatda 48,8 ming gektar maydonda paxta yetishtirilib, qabul punktlariga 254,5 ming tonnadan ziyod sanoat xomashyosi yetkazib berildi. Har gektardan o‘rtacha 52,2 sentnerdan ortiq hosil olinishi esa sohada samarali yondashuvni yaqqol namoyon etmoqda.
Ayniqsa, ayrim ilg‘or fermer xo‘jaliklarida hosildorlik 90 sentnerdan oshgani e’tiborga molik. Bugungi kunda viloyatda 189 ta paxta terish mashinasi faoliyat yuritmoqda, 37,8 ming gektar maydondagi hosil aynan terim mashinalari yordamida yig‘ib olindi.
“O‘zagrolizing” AJ tomonidan texnikalarni lizing asosida yetkazib berish fermer xo‘jaliklarida hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish hamda mehnat unumdorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz: www.uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube