Ona tilimiz — millat ruhi va milliy g‘ururimiz!
ONA TILIMIZ — MILLAT RUHI VA MILLIY G‘URURIMIZ!
O‘zbek tili — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy ma’naviy merosi, milliy o‘zligi va tafakkurini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Tilimizda xalqimizning orzu-intilishlari, urf-odatlari va betakror madaniyati aks etadi. Uni e’zozlash — o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni asrash va kelajagimizga hurmat bilan qarash demakdir.
Ona tilimizning sofligini saqlash, uning boy imkoniyatlarini keng namoyon etish, so‘zlashuv va yozma nutq madaniyatiga rioya qilish barchamizning mas’uliyatimizdir.
Ayniqsa, davlat tilining nufuzini mustahkamlash, rasmiy hujjatlar va ish yuritish jarayonlarida o‘zbek tilining adabiy me’yorlariga amal qilish hamda uning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Til bor ekan — millat yashaydi, til qadrlangan yurtda milliy o‘zlik va ma’naviyat barqaror bo‘ladi. Shu bois, ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitish va kelajak avlodlarga bezavol yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
O‘zbek tilining qadri baland, umri boqiy, kelajagi porloq bo‘lsin!
Rasmiy sahifalarimiz: www.uzal.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube