“O‘zagrolizing” AJ: 2026-yil faoliyatining muhim ko‘rsatkichlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-97-son qarori doirasida 2026-yilda 800 dona paxta terish mashinasini yetkazib berish belgilangan.
2026-yil 1-avgust holatiga Jamiyatning lizing portfeli 6,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 154 foiz o‘sdi. 2025-yilning shu davrida mazkur ko‘rsatkich 3 trln 965 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Jamiyatning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va investitsiyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida o‘tgan yilda ustav kapitali 1 trln 16 mlrd so‘mga yetkazildi. Jamiyatning jami aktivlari esa 7,3 trln so‘mni tashkil etdi.
Joriy yil davomida lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklaridan 45 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari jalb qilindi.
2026-yil 1-sentyabr holatiga “O‘zagrolizing” AJ tomonidan respublika hududlariga jami 2 309 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berildi. Ularning umumiy qiymati 940 mlrd 017,2 mln so‘mni tashkil etdi.
Paxta mavsumi boshlanishi arafasida 2026-yilda 767 dona paxta terish mashinasi lizing asosida yetkazib berildi. Qolgan paxta terish mashinalarini ham belgilangan muddatlarda hududlarga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, zamonaviy paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish va ularga sifatli texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida respublika hududlarida mexanizatorlar tayyorlandi.
Mazkur yo‘nalishlardagi ishlar qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va lizing xizmatlari imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.