“O‘ZAGROLIZING” AJDA XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN MEHNAT MUHITI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
🚜 “O‘ZAGROLIZING” AJDA XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN MEHNAT MUHITI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Bugun “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi 518-sonli "Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
💬 Seminarda Toshkent davlat yuridik universitetining mas’ul vakili J. Boqiyev ishtirok etib, mazkur qarorning asosiy maqsadi, belgilangan vazifalar hamda mehnat munosabatlarida xavfsiz, sog‘lom va o‘zaro hurmatga asoslangan muhitni shakllantirishning huquqiy asoslari haqida batafsil ma’lumot berdi.
✅ Tadbir davomida mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bunday holatlar yuzasidan murojaat qilish mexanizmlarini takomillashtirish hamda muammoli vaziyatlarga nisbatan belgilangan tartibda munosabat bildirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤔 Ta’kidlash joizki, mehnat jamoasida xavfsizlik va o‘zaro hurmat tamoyillarini qaror toptirish nafaqat xodimlarning huquqlarini ta’minlash, balki tashkilotda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish, mehnat samaradorligini oshirish va korporativ madaniyatni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Seminar jarayonidan fotolavhalar:
Rasmiy manba: www.uzal.uz | Telegram: @uzal_uz