“O‘ZAGROLIZING” AKSIYADORLIK JAMIYATINING 27 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli hamkasblar, qadrli jamoa a’zolari va Jamiyatimiz faxriylari!
Sizlarni “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 27 yillik qutlug‘ sanasi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Jamiyatimizning qariyb uch o‘n yillik faoliyati mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, agrar tarmoqni zamonaviy va yuqori unumli texnikalar bilan ta’minlash, fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarining texnik imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlar bilan uzviy bog‘liq.
O‘tgan yillar davomida “O‘zagrolizing” AJ agrar sohaning muhim hamkorlaridan biri sifatida shakllanib, tarmoqda mexanizatsiya darajasini oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, ilg‘or texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa Jamiyat zimmasiga katta mas’uliyat yuklash bilan birga, yangi imkoniyatlar va istiqbollarni ham ochmoqda. Shu nuqtayi nazardan, faoliyatimizni zamon talablari asosida takomillashtirish, lizing xizmatlari samaradorligini oshirish va fermerlar uchun qulay mexanizmlarni rivojlantirish ustuvor vazifalarimizdan bo‘lib qoladi.
Ishonchim komilki, yillar davomida shakllangan tajribamiz, xodimlarimizning kasbiy salohiyati va jamoamizning hamjihatligi kelgusida ham yangi yutuqlarga erishishimiz, belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishimiz hamda Jamiyatning agrar tarmoqdagi o‘rnini yanada mustahkamlashimiz uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, Jamiyatimiz taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha xodimlarga, o‘zining ko‘p yillik tajribasi va fidokorona mehnati bilan uning rivojiga hissa qo‘shgan faxriylarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Sizlarning mas’uliyatingiz, tashabbuskorligingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz erishayotgan natijalarimizning muhim omilidir.
Ushbu qutlug‘ sana barchamiz uchun yangi maqsadlar, ezgu tashabbuslar va ulkan marralar sari intilish uchun munosib turtki bo‘lishini tilayman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, farovonlik, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyat va yangi zafarlar yor bo‘lishini tilayman!
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining 27 yilligi muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
A. Nasirdinov
“O‘zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari
Rasmiy e’lon: www.uzal.uz | Telegram: @uzal_uz