O‘zagrolizing AJ
Ommaviy tadbirlar
2026-09-29
145 ko'rildi

Paxta mavsumi: jarayon markazida bo‘ling!

Yangilangan sana: 2026-09-29
Paxta mavsumi: jarayon markazida bo‘ling!

Farg‘ona viloyatida paxta mavsumi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar va sohada olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishish maqsadida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etilmoqda. Bu safar gap faqat raqam va hisobotlar haqida emas. Press-tur davomida mavsum jarayonlarini joyiga chiqib ko‘rish, jarayon ishtirokchilari bilan suhbatlashish, dolzarb savollarga javob olish hamda eksklyuziv videomateriallar tayyorlash imkoniyati mavjud. OAV vakillari, blogerlar hamda keng jamoatchilik vakillarini Farg‘ona shahridagi press-turimizga taklif qilamiz!